Umar Nurmagomedovga O’Melli va Dvalishvili o‘rtasidagi jang g‘olibi raqib bo‘ladi

Umar Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Azizning aytishicha, sportchi Shon O’Melli va Merab Dvalishvili o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan urishadi.

«Umar Nurmagomedov UFC 306 turniriga boradi. U O’Melli – Dvalishvili to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi jang qiladi», – deb yozdi menejer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, UFC 306 turniri bizning vaqt bilan 15 sentyabr kuni tongda o‘tkaziladi. 

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter