MMA. Yan: «Nurmagomedovning janglarida alohida e’tiborga molik hech narsa ko‘rmayapman»

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Pyotr Yan rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedovning janglarida alohida e’tiborga molik hech narsa ko‘rmayotganini aytdi.

«Men unda alohida narsani ko‘rmayapman (Umar Nurmagomedovda). Albatta janglarda kuchli yigit yutadi.

Lekin alohida bir narsani olish uchun hech kimda yo‘q sifat bo‘lishi kerak… Men buni ko‘rmayapman, to‘rt yil oldingi vaqtlarni eslang, men xuddi shu yo‘ldan yurardim, u yerda hammani vayron qilardim.

Hatto bir oqshom menga navbatma-navbat uchtasini berishsa ham, men ular bilan jang qilishga tayyor edim», dedi Yang.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter