Son yangi klubida o‘ziga qadrdon raqamda to‘p tepadi
«Los-Anjeles» BMO Field Club stadionida jamoaga yangi kelgan hujumchi Son Xyon Minning taqdimotini o‘tkazdi. Yangi jamoasida 33 yoshli koreyalik futbolchi 7-raqamda harakat qiladi.
Avvalroq, Koreya terma jamoasi futbolchisining transferi MLS uchun rekord bo‘lgani ma’lum qilingandi. Vingerning «Tottenxem»dan transferi uchun 26,5 million dollar to‘langan.
Son «shporlar» safida 2015 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. U London klubi safida 454 ta o‘yinda maydonga tushib, 173 ta gol urgan va 101 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/