Postekoglu: «Bizning maqsadimiz – Son «Tottenxem»dagi faoliyatini katta muvaffaqiyat bilan yakunlash»
«Tottenxem» bosh murabbiyi Anj Postekoglu hujumchi Son Xyon Minning klub bilan shartnomasini uzaytirish haqida gapirdi.
«Ajoyib. U bu klubda faoliyatini ajoyib o‘tkazmoqda. So‘nggi 10 yil ichida u katta rol o‘ynadi, u klubga ta’sir qildi, u Premyer-ligaga ta’sir qildi. Uning «Tottenxem»da qolish muddatini uzaytirish ajoyib va bizning maqsadimiz – u o‘zining «Tottenxem»dagi faoliyatini katta muvaffaqiyat bilan yakunlashdir», – dedi Postekoglu «Tottenxem» rasmiy saytiga.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv muddati 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Son 2015 yilning avgustidan beri «Tottenxem»da o‘ynamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/