MLS klubi Sonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
«Los-Anjeles» «Tottenxem» hujumchisi Son Xyon Minni o‘z safiga qo‘shib olishga urinishda davom etmoqda.
Oy boshida janubiy koreyalik futbolchi MLS vakillariga rad javobini bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Jurnalist Pol Tenorioning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Los-Anjeles» taslim bo‘lmayapti va «shporlar» sardorini ko‘ndirish uchun maksimal darajada harakat qilmoqda. Muzokaralarda hozircha sezilarli siljish kuzatilmayapti, ammo Amerika klubi rahbariyati umidni yo‘qotmayapti.
Son Xyon Minning «Tottenxem» bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi. 8 iyul kuni hujumchi 33 yoshni qarshi oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/