Saudiyaliklar Vinisiusga bu yozda taklif bilan chiqmaydi – sababi ma’lum

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tomoni yozda Vinisiusga hech qanday taklif bilan chiqmaydi, chunki hozirda barcha futbolchilar JCH-2026ga e’tibor qaratgan. Arabistonliklar mundial yakunlangach, bu darajadagi futbolchilar uchun juda katta pul to‘lashga tayyor bo‘ladi.

Shu bilan birga, vinger «Real» bilan 2027 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Braziliyalik hamon yangi bitimdan mavsum davomida 25+ mln yevro ishlab olishni istamoqda.

«Qirollik klubi» agar kelishuvga erisha olmasa, keyingi yil yozda Vinini sotadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter