Saudiyaliklar «Roma»ni sotib olmoqchi

Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi (PIF) Italiya chempionatidan klub sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Gap «Roma» haqida ketyapti – saudiyaliklar A Seriya klubini 900 million yevroga sotib olmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Aytish joizki, PIF Saudiya Arabistonida to‘rtta yirik klubga egalik qiladi. Agar Yevropa haqida gapiradigan bo‘lsak, jamg‘arma Angliyaning «Nyukasl» klubiga egalik qiladi.

«Roma» ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Yanvar oyida Joze Mourinyo «bo‘rilar» bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. «Roma» navbatdagi o‘yinini 10 fevral kuni o‘z maydonida «Inter»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter