Amorim Kunya haqida fikr bildirdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchi Mateus Kunya haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi «Vest Xem»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) markaziy hujumchi Rasmus Xyoylund ortida harakat qildi.

«Kunya avvalgi klubida ham ozmi-ko‘pmi shunday tizimda o‘ynagan. Bu top-o‘yinchi, u turli pozisiyalarda o‘ynashga qodir,» – deya Amorimning izohlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Mateus Kunya «Manchester Yunayted»ga yoz boshida «Vulverxempton»dan ko‘chib o‘tgan edi. Transfer qiymati taxminan 74 mln yevroni tashkil etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter