«Manchester Yunayted» hujumchining agenti bilan muzokara o‘tkazmoqda
«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasi oldidan yulduzli hujumchining agenti bilan muzokara o‘tkazdi.
Jurnalist Ben Jeykobsning GiveMeSport nashriga bergan eksklyuziv xabariga ko‘ra, «bo‘rilar»ning agenti Mateus Kunya «qizil iblislar» bilan yozgi transfer borasida muzokara olib borgan.
25 yoshli braziliyalik futbolchi «Yunayted»ning kelasi mavsumdagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Uning transferi klubga 62,5 million funt sterlingga tushadi, chunki bu futbolchining «bo‘rilar» bilan yangi shartnomasida ko‘rsatilgan sotib olish bandi summasi.
Kunya joriy mavsumda «Vulverxempton» safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/