«Inter» futbolchisi «Vilyarreal»ning to‘laqonli futbolchisiga aylanadigan bo‘ldi
Tadjon Byukenen «Inter»dan «Vilyarreal»ga o‘tadi.
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «neradzurrilar» 26 yoshli yarim himoyachini 9 million yevroga sotadi va futbolchining qayta sotilgan summasining 20 foizini oladi.
Shu yilning fevral oyidan boshlab kanadalik futbolchi «Vilyarreal»da ijara asosida o‘ynadi. U La Ligada 13 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/