«Inter» kanadalik futbolchini 10 million yevro evaziga sotib oladi

Teydjon Byukenen «Inter»ga o‘tadi.

Oldinroq Milan klubi Axilles tendonidagi operasiyadan keyin uch oyga safdan chiqqan Xuan Kuadradoning o‘rniga «Bryugge» futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

Jurnalist Sasha Tavolyerining so‘zlariga ko‘ra, klublar kelishuvni yakunlash arafasida – “neradzurrilar” taxminan 10 million yevro to‘laydi. Bonus to‘lovlari ham taqdim etiladi.

Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Belgiya chempionatining joriy mavsumida Byukenen 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter