Ronaldo “Valyadolid”ni 40 million yevroga sotadi
Ronaldo Ispaniyaning “Valyadolid” klubini 40 million yevroga sotadi. Braziliyalik sobiq futbolchi yaqin kunlar yoki haftalar ichida klubini sotadi.
Savdo kelishuviga bir necha hafta oldin erishilgan, biroq har ikki tomon buni may oyigacha e’lon qila olmaydi, shuning uchun xaridor hozircha ma’lum emas. Bitim 40 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ronaldo «Valyadolid»ga 2018 yildan beri egalik qiladi. Bu vaqt ichida jamoa ikki marta La Ligadan tushib ketgan. Klub hozirda chempionatda oxirgi o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/