Lukas Vaskes faoliyatini xorijda davom ettirmoqchi. Buning sababi bor

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Lukas Vaskes o‘ziga yangi jamoa izlashda davom etmoqda.

34 yoshli o‘ng qanot himoyachisi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng «qaymoqranglilar» safini tark etdi – uning shartnomasi yakuniga yetdi. Faxriyga ko‘plab ispan va xorij klublari qiziqish bildirmoqda, biroq Diario AS xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi faoliyatini xorijda davom ettirishni afzal ko‘rmoqda – u Ispaniyada o‘ynashni va «Real»ga qarshi maydonga tushishni istamaydi.

Lukas Vaskes «qaymoqranglilar» safida 402 ta o‘yin o‘tkazgan. U Madrid grandi safini faqat bir marta va atigi bir yilga tark etgan – 2014/15 yilgi mavsumda «Espanyol»da ijara asosida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter