Qatar klubi «Lion» yarim himoyachisini sotib olmoqda
«Lion» yarim himoyachisi Jordan Veretu jamoani tark etmoqda, deya xabar bermoqda Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli fransuz «Al-Arabi»ga o‘tmoqda. Qatar klubi bilan kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, Veretu 2024 yilning sentyabrida «Marsel»dan 4+3 mln yevro evaziga transfer qilingan edi. Uning «Lion» bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan edi.
2024/25 yilgi mavsumda u 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/