Mareska KO‘JCHning ahamiyati haqida fikr bildirdi
«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabaning ahamiyati haqida gapirdi.
London jamoasi finalda «PSJ»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0) va 32 klubdan iborat kengaytirilgan formatga o‘tganidan keyin turnirning birinchi g‘olibiga aylandi.
«Men futbolchilarimga kelajakda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Chempionlar Ligasi kabi yoki undan ham muhimroq turnir bo‘lishini aytdim,» – dedi Mareska o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/