«Milan» «Barselona» transfer maqsadini qo‘lga kiritmoqchi
«Milan»ning yangi ustuvorligi «Almeriya»dan o‘ng qanot himoyachisi Mark Pubilni sotib olish bo‘ldi. Bu haqda jurnalist va insayder Janluka Di Marsio xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Italiya grandi 22 yoshli futbolchini Kayl Uokerning ijarasi yakunlanganidan keyin qanotning asosiy kuchaytiruvchisi sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, transfer narxi 15 million yevroga baholanayotgan Pubilning 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. U allaqachon «Betis» va «Barselona» e’tiboriga tushgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/