«Barselona» Rabyoni qo‘lga kiritmoqchi

«Barselona» yozda «Yuventus» yarim himoyachisi Adriyen Rabyoni sotib olmoqchi.

28 yoshli fransiyalik futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga yetadi va «Yuventus» hali Rabyoga hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqqani yo‘q.

«Barselona» o‘ta zaif moliyaviy ahvolda qolmoqda va ortiqcha pul sarflay olmaydi, bu esa erkin agentlarni o‘z safiga qo‘shib olishni Kataloniya klubi uchun qulay variantga aylantiradi.

3Cat telekanali xabariga ko‘ra, «Barselona» Rabyo «Yuventus» bilan yangi shartnoma imzolamasa, yozda uni tekinga qo‘lga kiritmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter