«Napoli» «Udineze» uchun 25 million yevro taklif qildi

«Napoli» «Udineze» markaziy hujumchisi Lorenso Lukkani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb yozadi Nikolo Skira.

«Napoli» klubi 24 yoshli futbolchi uchun 25 million yevro va bonuslar taklif qildi, ammo «Udineze» bundan ham kattaroq summa olishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida, Lukka «Napoli» bilan 2030 yilgacha shartnoma bo‘yicha yiliga 2 million yevro maosh va bonuslar bilan prinsipial kelishuvga erishgan.

Joriy mavsumda Lorenso klub miqyosida 36 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter