«Milan» Abraxamni saqlab qolmoqchi, unga muqobil variant ham bor

«Milan» Temmi Abraxamni doimiy ravishda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

«Rossonerilar»da hujumchini «Roma»dan sotib olish varianti yo‘q, ammo «Milan»dan ijaraga olingan xavbek Aleksis Salemakersning huquqlari rimliklarga o‘tsa, Abraxam «San-Siro»da qolishi varianti bor.

Agar kelishuv barbod bo‘lsa, «Milan» birinchi navbatda «Udineze» 35 mln yevroga baholayotgan hujumchi Lorenso Lukkani olishga harakat qiladi. Biroq «rossonerilar» bu summani katta deb hisoblamoqda.

A Seriya mavsumining 31 o‘yinida Lukka 10 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter