«Liverpul» «Atletiko»dagi jahon chempionini sotib olmoqchi
«Liverpul» rahbariyati «Atletiko» himoyachisi Nauel Molinaning transferidan manfaatdor, deb xabar beradi CaughtOffside.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchida sovrinlar uchun kurashadigan klubga o‘tish istagi bor. Shuningdek, 27 yoshli futbolchiga «Nyukasl,» «Inter,» «Yuventus» va «Roma» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda himoyachi «Atletiko» safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/