«Betis» jahon chempionini tarkibida saqlab qolmoqchi, ammo…

«Betis» prezidenti Anxel Aro kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Gido Rodriges bilan shartnoma borasidagi vaziyat haqida gapirdi.

“Bizning Gido Rodrigesga yangi shartnoma bo‘yicha takliflarimiz tugadi. Agar u qolishni istasa, muzokaralarni o‘zi boshlashi kerak, ammo unchalik qulay bo‘lmagan shartlar bilan», – deya Aro so‘zlarini keltiradi italiyalik jurnalist Fabrisio Romano.

Ilgari Rodriges «Barselona»ning short-listida edi. «Ko‘k-anorranglilar» 29 yoshli jahon chempionini kelasi yozda erkin agent sifatida taklif qilishlari mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter