Ispaniya top-klubi Dibalani sotib olishga tayyor

Argentinalik hujumchi Paulo Dibala yozgi transfer oynasida “Roma”ni tark etishi mumkin. 30 yoshli futbolchida faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyati bor.

Argentinalik futbolchiga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda. «Matraschilar» klubi yozgi transfer oynasida Dibalani sotib olmoqchi va uning tovon puli, ya’ni 12 million yevroni to‘lashga tayyor.

Ushbu band 1 iyuldan kuchga kiradi. Joriy mavsumda Paulo Italiya chempionatining 26 uchrashuvida ishtirok etdi. Hujumchi 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter