«Man Siti» de Bryuynega o‘rinbosar izlamoqda
«Manchester Siti» Kevin de Bryuyne ketganidan keyin hujumkor yarim himoyachi qidirmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» short-listida ikki futbolchi – Rayan Sherki («Lion») va Morgan Gibbs-Uayt («Nottingem») bor.
21 yoshli fransuz joriy mavsumda 44 ta o‘yinda 12 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/