«Real»ning Pintus bo‘yicha pozisiyasi ma’lum

Antonio Pintus «Real»ning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Avvalroq 62 yoshli mutaxassis Xabi Alonso murabbiylar shtabida ishlamasligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq The Athletic nashrining yozishicha, barchasi aksincha: «Real» italiyalik mutaxassisning asosiy jamoada ishini davom ettirishini istamoqda.

Pintusga hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi, yakuniy qaror uning qo‘lida.

«Florentino Peres haqiqatan ham Pintus Chempionlar Ligasidagi g‘alabaning siri yoki kaliti ekaniga ishonadi,» – degan manba.

Shu bilan birga, Antonio o‘zini shtabning muhim a’zosi sifatida his qilishni, unga quloq solinishini istayotgani ta’kidlangan. Uning klub tuzilmasining turli darajalari bilan munosabatlari mavsum davomida uning usullarini tanqid qilish fonida yomonlashdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter