Xabi Alonso «Liverpul» bilan muzokaralarga qarshi emas
Angliyaning “Liverpul” klubi Germaniyaning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan ilk aloqani o‘rnatdi, deya xabar bermoqda jurnalist Santi Auna.
Manba bergan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar Alonsoning kelasi mavsum uchun «Liverpul»ga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligini muhokama qilishgan. Ispaniyalik mutaxassis muzokaralarga qarshi emas, ammo mavsum oxirigacha hech qanday qaror qabul qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni Yurgen Klopp joriy mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishini ma’lum qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/