Rafinya «Barselona»ning navbatdagi maqsadini aytdi

Rafinya Ispaniya chempionatining 36-turida “Espanyol” ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. “Ko‘k-anorranglilar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, muddatidan avval La Liga chempioniga aylanishdi.

«Men uchun bu Ispaniyadagi ikkinchi chempionlik. Men juda xursandman va ko‘proq g‘alaba qozonishni istayman. «Barselona» libosida men barcha ichki sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Endi biz yevrokuboklarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz bu mavsumda bunga yaqin edik. Kelgusi yil buni amalga oshirishga harakat qilamiz», – dedi braziliyalik futbolchi.

Mavsum tugashiga ikki tur qolganida “Barselona” “Real”dan 7 ochkoga oldinlab ketdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter