Pedri orzusidagi jamoada o‘ynayotganini aytdi
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri La Liganing 36-turida «Espanyol» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. “Ko‘k-anorranglilar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Ispaniya chempioniga aylanishdi.
«Men «Barsa» uchun 200 ta o‘yin o‘tkazdimmi? Ilgari bu formada kamida bitta o‘yin o‘tkazishni orzu qilardim, endi esa 200 taga yetdi. Men faqat ko‘proq narsaga intilaman. «Barselona» – orzumdagi jamoa», – deydi yarim himoyachi.
Ispaniya chempionati yakunlanishiga ikki tur qolganida Xans-Diter Flik jamoasi muddatidan avval chempionlik unvonini kafolatladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/