Lautaro «Barselona»ga o‘tishga yaqin kelgandi
Hozirda «Inter» yetakchisiga aylangan Lautaro Martines 2020 yilda «Barselona»ga o‘tishga yaqin kelgandi, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, o‘sha vaqtda koronavirus pandemiyasi sabab bu transfer jarayoni to‘xtab qolgan va muzokaralar bekor qilingan.
Lautaro 2018 yilda Argentinaning «Rasing» klubidan «Inter»ga 25 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/