Saliba Mbappeni mag‘lub etganidan xursand
«Arsenal» Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi o‘yinida «Real»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv «kanonirlar» himoyachisi Uilyam Saliba uchun o‘ziga xos bo‘ldi, chunki u bir akademiyada birga o‘ynagan bolalikdagi do‘sti Kilian Mbappe bilan ham to‘qnash keldi.
«Men Mbappega qarshi o‘ynashdan zavq oldim, garchi u bundan zavqlanganiga amin bo‘lmasam ham. Lekin men uchun bu yaxshi bo‘ldi, chunki biz g‘alaba qozondik va u gol ura olmadi. Bunday o‘yinlarda diqqatni jamlash kerak. Biz yaxshi o‘ynadik va keyingi haftada ham shunday qilishimiz kerak», – deydi Saliba.
Eslatib o‘tamiz, javob o‘yini 16 aprel kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/