Jerrard sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Angliya terma jamoasi va “Liverpul” klubining sobiq yarim himoyachisi va amaldagi futbol murabbiyi Stiven Jerrard Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” ​​klubi bosh murabbiyi lavozimiga qaytishi mumkin.

Avvalroq Filippe Klement jamoani tark etgandi. Jerrard hozirda ishsiz. Angliyalik mutaxassisning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi bo‘lgan.

2021 yilda Jerrard «Reynjers» bilan Shotlandiya chempioni bo‘lgandi. Shotlandiya chempionatining joriy mavsumida Glazgo jamoasi 56 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Reynjers” ​​peshqadam “Seltik”dan 13 ochko ortda qolmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter