«Reynjers» Klemanni iste’foga chiqardi
«Reynjers» bosh murabbiyni o‘zgartirishga qaror qildi.
Glazgo klubi o‘z maydonida «Sent-Mirren»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) Filipp Kleman bilan xayrlashganini e’lon qildi.
Jamoa Shotlandiya chempionatida «Seltik»dan 13 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.
«Bryugge» va «Monako»dagi faoliyati bilan ham tanilgan Kleman «Reynjers» bilan 2023 yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa Liga kubogini qo‘lga kiritdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/