«Lechche» o‘yindan keyin «Verona» futbolchisini kaltaklagani uchun bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Italiyaning «Lechche» klubi «Verona»ga qarshi (0:1) A Seriyaning 28-turi yakunida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Roberto D’Aversa jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Hakamning yakuniy hushtagi yangragach, mezbonlar ustozi hujumchi Toma Anriga yaqinlashib, uning yuziga bosh bilan zarba berdi. E’tibor bering, 90+7-daqiqada Anri maydondan chetlatilgandi.

«Lechche» – «Verona» uchrashuvi yakunida yuz bergan voqealardan so‘ng, «Lechche» futbol klubi bosh murabbiy Roberto D’Aversa o‘z vazifasidan ozod etilganini ma’lum qiladi. Murabbiy va uning xodimlariga bajarilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildiramiz», – deyiladi klub rasmiy saytida.

O‘tkazilgan 28 o‘yindan so‘ng «Lechche» turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 25 ochko bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter