«Real Madrid» yaqin kelajak uchun murabbiy tanladi

«Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Real»dan taklif olmadi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

«Qirollik» klubi italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining ishidan mamnun. Rahbarlar uning boshchiligida jamoa yana UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishini istamoqda.

Avvalroq OAVda Alonsoga Angliya Premyer-ligasidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Xosep Gvardiolaga o‘rinbosar qidirayotgan «Manchester Siti» ispaniyalik murabbiyni taklif qilmoqchi.

Alonsoning nemis klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter