Dortmundning «Borussiya» klubi direktori iste’foga chiqarildi
Bu haqda Dortmundning «Borussiya» klubi rasmiy saytida xabar berildi. Unda Sven Mislintat texnik direktor lavozimidan ozod etilgani haqida so‘z boradi. Mislintat ishdan bo‘shatilganini sport direktori Lars Riksendan bilgan.
“Borussiya” ayni damda Germaniya chempionati turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 11-o‘rinda bormoqda. Dortmundliklar peshqadam “Bavariya”dan 22 ochko ortda qolmoqda.
«Borussiya» Bundesligadagi navbatdagi o‘yinini 8 fevral, shanba kuni o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/