«Liverpul» muxlislari Erikssonni afsonalar o‘rtasidagi o‘yinda bosh murabbiy bo‘lishini xohlashmoqda
«Liverpul» muxlislari Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Erikssonni «mersisaydliklar» va Niderlandiyalik «Ayaks» o‘rtasidagi afsonaviy o‘yinda murabbiy sifatida ko‘rishni istashmoqda.
«Ayaks» va «Liverpul» afsonalari o‘rtasidagi uchrashuv shu yilning mart oyida «Enfild»da bo‘lib o‘tadi. «Qizillar» muxlislari mersisaydlik afsonalarni Sven-Yoran Eriksson boshqarishi uchun kampaniya boshlashdi, u avvalroq u har doim «Liverpul»ni qo‘llab-quvvatlagani va bu jamoaga murabbiy bo‘lishni xohlayotganini aytgan edi.
O‘tgan hafta shvedsiyalik mutaxassis saraton kasalligiga chalinganini ma’lum qilgandi. Erikssonning so‘zlariga ko‘ra, uning eng yaxshi holatda bir yil umri bor. Ericsson 75 yoshda. Shvesiyalik mutaxassis 2001-2006 yillarda Angliya terma jamoasini boshqargan. Sven-Yoran “Benfika”, “Roma”, “Sampdoriya” va “Lasio” klublarida ham ishlagan. Eriksson «Benfika»ni uch marta chempionlikka olib chiqdi va «Roma» bilan Italiya kubogini qo‘lga kiritdi. 2022 yildan 2023 yilgacha Sven Shvesiyaning «Karlstad» klubi sport direktori lavozimida ishlagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/