Saloh: «To‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz»
Hujumchi Muhammad Saloh «Bornmut«ga qarshi shanba kungi o‘yinning bosh qahramoniga aylandi. Misrlik futbolchi dubl qayd etib, «Liverpul«ga mehmonda 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi. O‘yindan so‘ng Saloh izoh berdi.
«Biz kamtar bo‘lib qolishimiz va bitta o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Jamoa bilan gol urish va g‘alaba qozonish yoqimli. Mening asosiy maqsadim – «Liverpul» bilan Premyer-ligada g‘alaba qozonish. Biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqdamiz,» – dedi Saloh.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/