Saloh uchun Saudiya klublari o‘rtasida qizg‘in kurash kechadi
«Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida ingliz klubini tark etishi mumkin.
Todofichajes xabariga ko‘ra, Saudiyaning «Al-Hilol» klubi futbolchini sotib olishga qiziqmoqda va futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan.
Avvalroq Salohga Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi qiziqayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi 2017 yilda «Roma»dan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Muhammad Saloh Angliya jamoasi safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/