Shevchenko UYEFAda ish boshlashi mumkin

UFA prezidenti Andrey Shevchenko UYEFA Ijroiya qo‘mitasi lavozimlaridan biriga da’vogarlik qilmoqda. Tegishli qaror Ukraina assosiasiyasi tomonidan qabul qilindi.

31 yanvar, juma kuni Ukraina futbol assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot prezidenti Andrey Shevchenkoni UYEFA Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga ko‘rsatishga qaror qilindi, deb yozadi UFA.

Ukrainalik futbol afsonasi UYEFA Ijroiya qo‘mitasidagi ikki lavozimdan biriga da’vogarlik qiladi. Vakolat muddati – ikki yil.

Bundan tashqari, Ijroiya qo‘mitasi 2025 yil 3 aprel kuni Serbiya poytaxti Belgradda bo‘lib o‘tadigan UYEFAning 49-kongressiga UFAdan uchta delegatni sayladi. Ukrainadan UFA prezidenti Andrey Shevchenko, UFA vise-prezidenti Aleksandr Shevchenko va UFA bosh kotibi Igor Grishchenko ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Shevchenko 2024 yilning 25 yanvarida UFA prezidenti etib saylangan edi. Bu lavozimda u Andrey Pavelko o‘rnini egalladi.

UFAning yangi rahbari FIFA va UYEFA rahbariyati orasida katta obro‘ga ega. O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan UYEFAning 48-kongressida 2004 yilgi «Oltin to‘p» sohibi UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin va FIFA raisi Janni Infantino bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter