«Borussiya D» yarim himoyachisi bir necha haftaga safdan chiqdi
Feliks Nmecha bir necha haftaga safdan chiqdi.
«Borussiya» yarim himoyachisi bog‘lamlaridan jiddiy jarohat oldi va yaqin orada maydonga tusha olmaydi, deb xabar beradi «Sky Sport» jurnalisti Patrik Berger.
Shu munosabat bilan Dortmund klubi avgust oyi oxirida ijaraga berilgan «Volfsburg«dan Solih O‘zjanni chaqirib olishga qaror qildi. 27 yoshli futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Xaydenxaym«ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Bundesliganing joriy mavsumida Nmecha 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/