«Borussiya» yarim himoyachisi safdan chiqdi

Feliks Nmecha bir necha haftaga safdan chiqdi.

«Borussiya» yarim himoyachisi jiddiy jarohat oldi va yaqin orada maydonga tusha olmaydi, deb xabar beradi Sky Sports jurnalisti Patrik Berger.

Shu munosabat bilan Dortmund klubi avgust oyi oxirida ijaraga olingan «Volfsburg»dan Solih O‘zjanni chaqirib olishga qaror qildi.

27 yoshli yarim himoyachi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Xaydenxaym»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Bundesliganing joriy mavsumida Nmecha 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter