«Milan» o‘z futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi
Fode Ballo-Ture «Milan»ni tark etdi.
Italiya klubi himoyachi bilan shartnomani tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qildi.
Joriy mavsumda futbolchi «Milan»ning S Seriyadagi ikkinchi jamoasi tarkibida uchta o‘yin o‘tkazdi.
Himoyachi o‘tgan mavsumda «Fulxem» safida ijara asosida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Umuman olganda, Ballo-Ture A Seriyada 20 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fode Ballo-Ture 2021 yilda to‘rt million yevro evaziga «Monako»dan «Milan»ga o‘tgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/