Milik «Yuventus»ni tark etgan Shesniga murojaat qildi

«Yuventus» hujumchisi Arkadiush Milik darvozabon Voysex Shesnining jamoani tark etganiga munosabat bildirdi.

Chorshanba kuni Turin klubi 34 yoshli polshalik darvozabon bilan hamkorlikni to‘xtatganini rasman e’lon qildi – shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.

“Qanday afsona. Birgalikda juda ko‘p xotiralar va aql bovar qilmaydigan daqiqalar! Keyingi hayotingizda omad yor bo‘lsin, aka”, — deya ijtimoiy tarmoqlar orqali hamyurtiga murojaat qildi forvard.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter