Akademik eshkak eshish. Hamyurtimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Samarqandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medaliga sazovor bo‘lishdi.
Unga yengil vazn toifasida yakkalik dasturida qatnashgan Malika Tagmatova (LW1x) mualliflik qildi.
Hamyurtimiz murosasiz kechgan A finalidagi poygada 8:17.538 daqiqa bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/