Xanchjou-2022: Akademik eshkak eshuvchilarimizdan yana bir oltin medal!

Xanchjou Osiyo O‘yinlarida akademik eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Bu gal erkaklar o‘rtasida M4- dasturida ishtirok etgan Shehroz Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Hamyurtlarimiz ikkinchi o‘rinni egallagan Xitoyni 5 soniyaga ortda qoldirishdi.

Shu tariqa, Xanchjou-2022’dagi oltin medallarimiz soni 3 taga yetdi va bizda onlayn jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldik.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter