Shahram G‘iyosov yangilangan IBF reytingda 2 pog‘ona ko‘tarildi

Xalqaro boks federasiyasi (IBF) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Super yengil vazn toifasidagi bokschi Shohjahon Ergashev yangilangan reytingdan joy olmadi. O‘tgan oy reytingda 13-o‘rinni egallab turgan edi.

Birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oydagi singari 4-o‘rinda qayd etildi.

Yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona yuqorilab, 9-o‘rinni egalladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter