Ikki karra Olimpiya chempioni yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Ikki karra Olimpiya chempioni Yakob Ingebrigtsen Polshadagi Olmos ligasi bosqichida 3000 metr masofaga yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Norvegiyalik sportchi 7 daqiqa 17,55 soniya vaqt ko‘rsatib, 1996 yilda keniyalik Daniyel Komen (7:20,67) o‘rnatgan yutuqni uch soniyaga ortda qoldirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter