Yangi zelandiyalik sportchi Olimpiadadagi 8-oltin medalini qo‘lga kiritdi

Ko‘p karra jahon chempioni yangi zelandiyalik sportchi Liza Karrington 500 m masofaga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha 2024 yilgi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi.

U 2012 yildan beri Olimpiya o‘yinlarida qatnashadi va shu paytgacha 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Parij finalida Karrington 500 m masofani 1:47,36 natijada bosib o‘tdi, bu yangi Olimpiya rekordidir.

Vengriya vakili Tamara Chipes esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka daniyalik Emma Ostrand Yorgensen yakun yasadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter