Parij-2024. Yana 5 ta yo‘llanmaga ega chiqdik

Eshkak eshish bahslarida yana 5 ta lisenziyaga ega chiqdik. Bu haqida «Rowing&Canoeing» federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

ICF reglamentiga asosan Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha lisenzion Osiyo chempionati yakuniga ko‘ra, milliy terma jamoamiz a’zolari Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 8ta dastur bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi.

Bungacha Nilufar Zokirova, Yekaterina Shubina va Shahriyor Mahkamov Olimpiadaga yo‘llanma olishgandi:

K1 500 metr: Yekaterina Shubina

S1 200 metr: Nilufar Zokirova

K1 1000 metr: Shahriyor Mahkamov.

Endilikda ular boshqa dasturlar bo‘yicha ham Olimpiadada startga chiqishadi:

K1 500 metr: Nilufar Zokirova

S1 200 metr: Yekaterina Shubina

S2 500 metr: N.Zokirova / YE.SHubina

K2 500 metr: N.Zokirova / YE.SHubina

S1 1000 metr: Shaxriyor Mahkamov.

Demak eshkak eshish bahslarida lisenziyalarimiz soni 8 taga yetdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter