A Seriya klubi «Nissa» himoyachisi ijaraga oldi

«Empoli» «Nissa» himoyachisi Mattia Vitini ijaraga olganini e’lon qildi. Shartnoma 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

22 yoshli italiyalik o‘tgan mavsumni «Sassuolo»da ijara asosida o‘tkazdi. 18 uchrashuvda 1 ta gol urgan.

Viti «Empoli» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u yerdan 2022 yilning yozida 13 million yevro evaziga «Nissa»ga ko‘chib o‘tgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter