«Nant» muxlisi «Nissa»ga qarshi o‘yin oldidan pichoq jarohati tufayli vafot etdi
Fransiya chempionati doirasidagi «Nant» – «Nissa» uchrashuvi oldidan «kanareykalar» muxlisi vakili halok bo‘ldi.
Ouest France nashri xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs stadiondan uncha uzoq bo‘lmagan Sen-Jorj bari yaqinida 31 yoshli jabrlanuvchining orqa qismiga pichoq bilan urgan. Shifokorlar jabrlanuvchini kasalxonaga olib borishgan, biroq u biroz vaqt o‘tib vafot etgan.
Qotil avvaliga jinoyat joyidan qochib ketgan, keyin esa polisiya bo‘limida paydo bo‘lgan va o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Ilgari u VTC xususiy transport kompaniyasi haydovchisi bo‘lgan. U «Nissa» muxlislarini Nant ko‘chalaridan biridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionga olib bordi. Tomonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan, uning sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Prokuratura qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qildi. Hozirda guvohlarni so‘roq qilish davom etmoqda.
Uchrashuv «Nant»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu «Nissa»ning joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/